“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 00:16
ЎЗO‘Z

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

15 iyul, 17:01 7 975 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Axborot resurslari markazi etakchi mutaxassisi Xasanov Furqat fuqaro Esonov Abdumalik(anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan)ni institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning uchun undan 8 000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. 12 iyul kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida OTM xodimi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Oliygohga o‘qishga kirish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, buning uchun pora bergan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishlari belgilangan, deya ogohlantiradi boshqarma o‘z xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 49
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 214
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Bo‘limlar