“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

Putinning mashinasida sirli yo‘lovchini payqab qolishdi

13 iyul, 14:30 7 247 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putinning mashinasida sirli yo‘lovchini payqab qolishdi OAVlar Rossiya prezidenti Valaamga shaxsan o‘zi haydab kelgan avtomobildagi sirli yo‘lovchiga e’tibor qaratdi, deb yozadi «Mk.ru». U ayol yoki erkak bo‘lganini aniqlash imkoni bo‘lmadi. Bu odamning tizzasida qizil sumkachasi bo‘lgani ma’lum, xolos. Hatto Kremldagilar ham prezidentning hamrohi haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.

Ba’zi OAVlar prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga murojaat qilib, Vladimir Putin boshqargan Mercedes ML avtomobilining orqa o‘rindig‘ida kim o‘tirganini so‘raganida, u qisqa qilib: «Mutlaqo xabarim yo‘q», — deb javob berdi.
Sirli yo‘lovchi «Zvezda» telekanali e’lon qilgan kadrlarda ko‘rinib qolgan. Ularda Vladimir Putin Mercedes’ning haydovchi o‘rindig‘idan chiqib, orqa eshikni ochganini ko‘rish mumkin. Yo‘lovchi o‘rindig‘ida kalta engli norasmiy kiyim kiygan va qo‘lida qizil sumka tutgan kishi o‘tiribdi. Bu yo‘lovchi mashinadan chiqmadi, qo‘li bilan monastirga ishora qildi, shundan so‘ng prezident eshikni yopib, ibodatxona tomonga ketdi.

Jurnalistlar taxmin qilishicha, agar u ayol kishi bo‘lsa, Putin uning qo‘lidan tutib, mashinadan tushishiga yordam bermoqchi bo‘lgan. Ammo o‘sha vaqtda Putinning ustki kiyimi bo‘lmagan va balki u shunchaki orqa o‘rindiqdan pidjakini olmoqchi bo‘lgan, biroq negadir olmagan.
OAVlar qayd etishicha, ibodatxonadan Putin boshqa mashinada jo‘nab ketgan, uni haydovchi boshqargan.
Biroz vaqtdan so‘ng Life jurnalistlari Dmitriy Peskovga Putinning mashinasidagi yo‘lovchi haqida qaytadan savol berdi. «Xavfsizlik (xodimi)», — deya nashr Peskovning javobini keltirdi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 0
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar