Primore polisiyasi odamlar dam olayotgan plyajda arqon yordamida sayr qildirilayotgan amur yo‘lbarsi aks etgan videoni tekshirmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Mahalliy OAVlar odam ko‘p bo‘lgan plyajda ulkan yo‘lbarsni etaklab yurgan erkakni ko‘rish mumkin bo‘lgan videoni namoyish etdi. Videorolik Naxodka plyajida suratga olingan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganidan keyin uni polisiya tekshirmoqda.