“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:23
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbek boks maktabiga butun dunyo tan bermoqda”

08 iyul, 19:03 8 350 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbek boks maktabiga butun dunyo tan bermoqda” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shaharning Uychi ko‘chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada o‘n beshta ko‘p qavatli turar joy binosi va o‘ndan ziyod infratuzilma ob’ekti qurilmoqda. O‘tgan yilning kuzida ushbu ko‘chada Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar maktabining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgan. Ikkita yopiq sport zali va boshqa zarur xonalarga ega bo‘lgan majmuada sportning ko‘plab turi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilgan.

Prezident ko‘p qavatli turar joylarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi, deyiladi Qalampir.uz xabarida.

Shu erda Namangan shahrida namunaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan 8 ta etti qavatli arzon turar-joy binosi, Farg‘ona vodiysi temir yo‘llarini elektrlashtirish konsepsiyasi, Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va endokrinologiya ilmiy-amaliy markazlari Namangan filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, ularni malakali kadrlar va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, Kosonsoy tumanida yoshlar va o‘smirlar texnoparki bunyod etish loyihalari taqdimoti bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida kelasi yili namunaviy loyiha asosida 18 ta ko‘p qavatli turar-joy qurilishini ta’kidladi. Kvartiralarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligini qayd etdi.

Prezident O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Namangan viloyati badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasining rekonstruksiya qilingan binosi va bu erdagi ko‘rgazma bilan tanishdi.

“Galereyani yoshlarimiz uchun chin ma’nodagi ma’rifat maskaniga aylantirish, milliy an’analarimizni davom ettiradigan “ustoz-shogird” maktabini yaratish, bunday galereyalarni barcha viloyatlarda tashkil qilish kerak. Yoshlarimiz ko‘p asrlik tasviriy va amaliy san’atimiz an’analariga hurmat ruhida kamol topsin”, dedi davlat rahbari.

Prezident Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarda qatnashayotgan badiiy gimnastikachi qizlar va bokschi yoshlar bilan muloqot qildi.

“Bugun o‘zbek boks maktabi vakillariga butun dunyo sportchilari tan bermoqda, havas qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarda jahonda tengsiz ekanini isbotladi. Bunday yutuqlarga erishish uchun nafaqat zamonaviy sharoit, balki tinimsiz mehnat, fidoyilik, vatanparvarlik ham talab etiladi. Sizlarga ham kelgusida katta sportda yuksak parvozlar tilayman”, dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yosh sportchilarga sovg‘alar topshirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar