“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:03
ЎЗO‘Z

11 yillik ta’lim tiklanishi tufayli bo‘shaydigan kollejlar Yoshlar ittifoqiga beriladi

06 iyul, 18:44 7 328 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
11 yillik ta’lim tiklanishi tufayli bo‘shaydigan kollejlar Yoshlar ittifoqiga beriladi Respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimi joriy etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan kollejlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga beg‘araz o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, kollejlar negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob do‘koniga ega bo‘lgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlari, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga to‘lovsiz o‘qitish markazlari tashkil qilinadi. Shu boradagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Shuningdek, farmon bilan qator vazirlik hamda idoralarga viloyatlar va poytaxtda Yoshlar markazlari binolarini qurish va foydalanishga topshirish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha dastur loyihasini tayyorlash vazifasi topshirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar