“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:37
ЎЗO‘Z

Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi: Qay darajadagi issiq haroratda ish vaqti qisqartiriladi?

02 avg, 08:37 7 880 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi: Qay darajadagi issiq haroratda ish vaqti qisqartiriladi? Joriy yilning iyul oyida ob-havo harorati keskin oshganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ish vaqtini qisqartirish masalasi yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish binolardagi mikroiqlimning sanitariya-gigiena normalari”ga muvofik ishlab chiqarish muhitdagi meteorologik sharoitlariga (mikroiqlim) tavsiflovchi ko‘rsatkichlariga ob-havo harorati, nisbiy namligi, havo bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda qizigan sirtning ta’siridagi issiqlik nurlanishning intensivligi kiradi.

Qulay mikroiqlim sharoitida odam issiqlik qulayligi holatini boshdan kechiradi, bu o‘z navbatida yuqori mehnat unumdorligi va kasalliklarning oldini olish uchun muhim shartdir. Ish maydonining mikroiqlimi optimal holatdan sezilarli darajada chetlanishi, ishlovchilarning organizmida bir qator fiziologik buzilishlarga, ish qobiliyati pasayishi va hatto kasb kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqarish muhitining meteorologik sharoitlarini me’yorlash tamoyillari asosida ishlab chiqarish binoning issiqlik xususiyati, ishning og‘irlik toifalari va yil fasllariga tobeliligi bo‘yicha optimal va ruhsat etilgan miqdorlarining tabaqalashgan darajalari belgilanadi.

Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yilning sovuq va o‘tish davrida issiqlik darajasi ko‘p bo‘lmagan xona va binolarda jismoniy yengil ishlar uchun mikroiqlimning optimal parametrlari (darajasi) quyidagicha bo‘lishi: havo harorati 20-230S va nisbiy namlik – 40- 60%, havoning xarakatlanish tezligi – 0.2 m/s ko‘p bo‘lmasligi lozim. Shu sharoitlarga mikroiqlimning ruxsat etilgan miqdorlari: havo harorati – 19-250S, nisbiy namlik 75%, havoning xarakatlanish tezligi – 0,3 m/s ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Og‘ir mehnat uchun havo haroratning optimal miqdori bo‘yicha 4-50S ga, ruxsat etilgan miqdori bo‘yicha 60S ga past bo‘lishi lozim.

Yilning issiq mavsumida normalar bo‘yicha havo harorati 2-30S ga yuqori bo‘lishi belgilangan.

Ishlab chiqarish jarayonning texnologik talablaridan kelib chiqib ishlab chiqarish xona va binolarda, miqroiqlimning ruxsat etilgan miqdorlarini aniqlash, texnologik jarayon sababali ushbu normalarga erishishga imkoniyat bo‘lmaganida ishlovchilarning o‘ta qizib yoki sovub ketishini oldini olish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilishi lozim: havoning mahalliy holatda sovutish yoki isitish, havolatib suv purkash, dam olish va isinish xonalarini tashkil etish, issiq yoki sovuq haroratlardan himoya qiladigan mahsus kiyim bilan ta’minlash, yakka tartibdagi himoya vositalarni ajratish, ish va dam olish vaqtlarini belgilash va hokazo. O‘ta issiq xarorat ta’siridan himoya qilish maqsadida himoya to‘siqlar sirtining harorati 450 S oshmasligi lozim.

Barcha korxona va tashkilotlarda yaratilgan mehnat sharoitlari xavfsizlik va gigiena talablariga javob berishi shartligi mehnat qonunchiligida belgilangan. Bunday sharoitlarni yaratish ish beruvchining mas’uliyatiga kiradi.

Shu bilan birgalikda ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanashi mumkin.

Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:

- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar;
- I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar;
- noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar;
- alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar;
- uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar


Ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan (ya’ni har hafta 4 soatga) qisqartirilgan muddati mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlar uchun belgilanadi.

Korxonadagi bunday ishlarning ro‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, mehnat sharoitlariga baho berishning O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan uslubiyati asosida belgilanadi.

Bundan tashqari ish vaqtning qisqatirilgan muddati belgilanishi bilan birgalikda mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun beriladigan yillik qo‘shimcha ta’til beriladi. Yillik qo‘shimcha ta’tillar 3 kundan 24 kungacha ish joyidagi mehnat sharoitlarining xavflilik darajasi va sinfiga qarab belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 120-moddasiga muvofiq ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa, — xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.

Shu bilan birgalikda Mehnat Kodeksining 219-moddasida xodimning o‘z hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi belgilangan. Bunda xodim ish jarayonida o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelib qolganligi to‘g‘risida ish beruvchiga darhol xabar qilishi lozim. Ushbu holatlar tasdiqlagan taqdirda ish beruvchi bu holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, xodim o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqlidir. Ana shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar