“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:59
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi

29 iyun, 20:06 7 010 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Krantas Group” zavodiga tashrif buyurib, qurilish uchun maxsus texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2008 yilda Toshkent tajriba eksperimental mexanika zavodi negizida tashkil etilgan “Krantas” va “Kranlar va maxsus texnika” korxonalarida 60 turdan ziyod maxsus texnika, jumladan, avtokranlar, kran manipulyatorlari, yonilg‘i va kislota tashuvchi avtosisternalar, kommunal texnika, samosvallar, avtoustaxonalar, avtogidroko‘targichlar ishlab chiqarilmoqda. Import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ushbu texnika vositalari mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga etkazib berilmoqda.

Bugungi kunda korxonalarda 645 ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Mahsulot hajmini oshirish, yangi uskunalar sotib olish va ishlab chiqarish sexlarini barpo etish hisobiga yana 150 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda.

Korxonalarda 2017-2018 yillarda yuk ko‘tarish quvvati 100 tonna bo‘lgan avtokranlar va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga mo‘ljallangan 8 tonnalik minorali kranlar ishlab chiqarish loyihalashtirilgan. Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibordan samarali foydalanib, joriy yilda korxonaning eksport hajmini 5 million dollarga etkazish, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezident korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika vositalari va ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu kabi korxonalar mamlakat sanoati rivojlanishining asosiy omillaridan biri ekanini ta’kidladi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika turlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan davlat dasturini qayta ko‘rib chiqib, maxsus texnika importini kamaytirish, shu kabi korxonalarda mahalliylashtirilgan maxsus texnikalar xaridini ko‘paytirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida kran va maxsus texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha yiliga 20-25 mutaxassis tayyorlovchi fakultetlar ochish va yoshlarni o‘qitish zarurligi qayd etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar