“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:48
ЎЗO‘Z

​Shavkat Mirziyoyev bir qator rahbarlarga “hayfsan” berib, ayrim viloyat hokimlarini jiddiy ogohlantirdi

28 iyun, 13:44 7 163 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
​Shavkat Mirziyoyev bir qator rahbarlarga “hayfsan” berib, ayrim viloyat hokimlarini jiddiy ogohlantirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda 2017 yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, eksportchi tadbirkor va fermerlar qatnashdi.

Davlat rahbari bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va yuqori sur’atda o‘sish tendensiyasini saqlab qolish va mustahkamlashning eng muhim omillaridan biri – iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakatimiz hududlarining eksport salohiyatini izchil oshirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini kuchaytirish ekanini alohida ta’kidladi. Bu borada mamlakatimizda eksportchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, qonun hujjatlari bilan ularga berilgan imtiyozlar va yaratilayotgan sharoitlar haqida alohida to‘xtaldi.

Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi ishlar ahvolini atroflicha tahlil qildi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi O.Rustamov, "O‘zagroeksport" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori J.Xolmuhamedov egallab turgan lavozimiga noloyiqligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari U.Rozuqulov, tashqi savdo vaziri E.G‘anievga mavjud kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari "O‘zqurilishmateriallari" kompaniyasi, "O‘zbekyengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati, "O‘zbekcharmpoyabzali" uyushmasi rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik etishmayotgani, buning oqibatida mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirish borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini qattiq tanqid qildi.

Mazkur tarmoqlar rahbarlariga “hayfsan” e’lon qilinib, ularning zimmasiga mahsulotlar eksporti sohasidagi mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va eksport hajmini izchil oshirish yuzasidan sezilarli o‘zgarishlarni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklandi.

Shuningdek, etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshkent, Jizzax va Andijon viloyatlari, shuningdek, qator tumanlar hokimliklari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining an’anaviy tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash va kengaytirish, yangi tashqi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi komplekslari, tarmoqlar va hududlar rahbarlariga har bir tarmoq va hudud bo‘yicha eksport strategiyasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Yig‘ilishda tashqi bozorlarda samarali faoliyat yuritish uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, korxona va tashkilotlar tomonidan xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan savdo uylari va logistika markazlari ishini yanada faollashtirish, davlatimiz elchixonalarining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ishlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar, hokimliklar rahbarlarining hisobotlari, takliflari eshitildi va muhokama qilindi, mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar