“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Kino vaqti reklama qo‘ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?

27 iyun, 13:10 6 227 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kino vaqti reklama qo‘ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan? “Maza qilib reklama ko‘rayotgan edim, kino boshlanib qolsa deng”. Bu hangoma barchamizga yaqindan tanish. Kulgi ortidagi piching nimaga qaratilganini ham hammamiz juda yaxshi tushunamiz. Ha, o‘zbek telekanallarida nima ko‘p? Kinodan ko‘ra, reklama ko‘p. Alam qiladigan tomoni, biror kinoning yoki serialning eng qiziq joyi kelganda “Maselka” yoki “Chokotella” reklamasi boshlanib qoladi. Shu vaqt pultni olib, chunonam televizorga qarata uloqtirgingiz keladiyu, beayb televizorga rahm qilasiz. Ayollar-ku bu borada ancha bosiq. Ammo erkaklar... Bu reklama qurmag‘urlar qancha kishining asabini “egovlab” kelmoqda.

Bu borada ularni ayblab bo‘lmaydi. Ammo reklama beruvchilar va telekanal ijodkorlarini-chi?

1998 yil 25 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasida shunday deyilgan: “Teleradiotashkilotlar uchun reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv vaqti ko‘rsatuvning har bir soatiga 10 foizdan oshib ketmasligi kerak. Bu talab ko‘rsatuvning ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.

45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar reklama uchun to‘liq 45 minutlik vaqt oralig‘ida ko‘pi bilan bir marta uzib qo‘yilishi mumkin. Reklama bu ko‘rsatuvlarning boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so‘ng joylashtirilishi ham mumkin...”.

Telekanallarimizda namoyish etiladigan seriallar 30-45 daqiqa, kinolar esa undan ham ko‘p davom etadi. Xo‘sh, taqdim etilgan qonun moddasiga asosan bu holatga qanchalik rioya qilinyapti?

Ming afsuski, ba’zan 30 daqiqalik serial yoki kinoga bir emas, ikki-uch marotaba reklama “tiqishtirilganiga” guvoh bo‘lamiz. To‘g‘ri, televidenie reklama hisobidan daromad ko‘radi. Ammo, qonun-chi? Bu qonun tomoshabinning huquqini ham belgilaydi. Shunday ekan, tomoshabinning huquqi-chi?

Biz muammoga birgina kino misolida nazar soldik, xolos.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 31
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 71
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 343
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar