“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

Toshkentda o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan tovlamachilar qo‘lga olindi

26 iyun, 10:48 6 428 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan tovlamachilar qo‘lga olindi 2017 yilning 29 may kuni taxminan soat 13:00 larda, ikki nafar noma’lum shaxslar, Yashnobod tumani hududida fuqaro Iosipov Konstantin Stanislavovich (jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga o‘tirib, o‘zlarini prokuratura idoralari xodimlari sifatida tanishtirib, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan 9.600.000 so‘mlik mol-mulkini qo‘lga kiritganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zgadan mulkni berishni talab qilish, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharotiga solib qo‘yish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Isakdjanov Davron Baxtiyorovich va Ishmatov Umid Hasanovichlar sodir etishganligi aniqlangan.

D.B.Isakdjanov va U.X.Ishmatovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar