“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:58
ЎЗO‘Z

Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Hayit motam emas, xursandchilik kunidir”

25 iyun, 23:09 10 416 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Hayit motam emas, xursandchilik kunidir” Toshkent shahridagi "Kamoliddin Orif – Al Buxoriy" jome masjidi diniy xodimi Qobil qori Odiljon o‘g‘li bilan o‘tkazilgan suhbat Ramazon hayitini munosib kutib olish, uning odoblari va shu mavzu atrofida kechdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

“Hayit odoblariga rioya etishda, uning hurmatini joyiga qo‘yishda Pyg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) juda katta o‘rnak bo‘la oladilar. U kishining ta’limoti bo‘yicha Hayit namoziga boradigan payt, Iyd kunlarini o‘tkazayotgan vaqt kishi pok, xushro‘ysifat va chiroyli siyratli bo‘lish kerak. Rasuli Akram (s.a.v)ning o‘zlari ham bu borada namuna bo‘la olganlar. Payg‘ambarimizning odatlaridan biri shu ekanki, u kishi Hayit namoziga bir yo‘ldan borsalar, uyga qaytayotganlarida boshqa yo‘ldan kelar ekanlar. Buning boisi u kishi bu kunda ko‘plab insonlarni bayram bilan muborakbod etishni istarkanlar.

Ammo so‘nggi vaqtlarda aksari odamlar Hayit bayramini nishonlashni asl mohiyatini tushunmay, turli bid’at ishlarga qo‘l urib qo‘ymoqdalar. Bunga misollar ko‘p. Shulardan biri musibatli, azali uy sohiblari tomonidan bu kunda darvoza oldida dasturxonlar yozilib, besh-o‘n odam bellarini bog‘lab, eshik oldida turishlaridir. Bu holatlar uch kunlab davom etish holatlarini ham kuzatyapmiz. Bundan tashqari, bu kunda ayollarimiz yig‘i-sig‘i qilib, johiliyat paytida qolib ketgan amallarni qilishayotgani ham kishi ko‘nglini g‘ashlaydi.

Shuni unutmaslik kerak-ki, Hayit kuni xursandchilik kuni, oila a’zolari bilan chiroyli kutib olinadigan kun. Bu kunda bolajonlarning ko‘nglini olish, bemorlarni borib ko‘rish va shu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish talab etiladi.

Qobil qori Odiljon o‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Iyd kunlari har bir mo‘min-musulmon ochiq chehrali, shirin so‘zli bo‘lishligi, ginalar unitilib, do‘stlik qayta tiklanish zarurligi, odamlarning ko‘ngli ovlanib, ularga yaxshi tilaklar bildirish kerakligi haqida so‘z yuritildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar