“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:45
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda endi sudyalarni bemalol TVga olib chiqish mumkin

22 iyun, 14:06 6 745 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda endi sudyalarni bemalol TVga olib chiqish mumkin Sudyalar haqida yozish, ulardan intervyu olish va ayniqsa ularning sudya darajasiga ko‘tarilishi haqida ma’lumot olish jurnalistlar uchun murakkab vazifalardan biri edi. Chunki, ko‘pgina sudyalar ommaviy axborot vositalarida ko‘rinishni istamas edilar. Endi bu muammolar ortda qolganga o‘xshaydi. Joriy yil 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ommaviy axborot vositalariga sudyalar haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Xalq oldida obro‘-e’tibor qozongan sudyalarning hayot yo‘li, odil sudlovni amalga oshirishdagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish uchun “Sudyalar klubi” va “Sud himoyasida” ruknlari ostida markaziy telekanallar va gazetalarda muntazam ravishda turkum ko‘rsatuv va maqolalar e’lon qilib borish haqida amaliy fikr ilgari surildi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi. Demak, endi sudyalar jurnalistlardan qocha olmaydilar.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va sud tizimida adolat tamoyillariga nechog‘li rioya qilinayotgani haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Asosiy maqsadimiz, dedi Shavkat Mirziyoyev, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iboratdir.

Manba: Dia.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar