O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisiga o‘rinbosar – Shuhrat Otaboyev tayinlandi. U shu paytga qadar “Xalq banki” raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Markaziy bank raisining o‘rinbosarlari tayinlangan edi.
Shuningdek, Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi etib tasdiqlangani haqida ham xabar bergan edik.