“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:27
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transportini lisenziyalashni to‘xtatadi

21 iyun, 17:04 8 104 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transportini lisenziyalashni to‘xtatadi QHTBT portalida Prezidentning “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari joylashtirildi, — deb yozadi norma nashri.

Hujjatlarda qayd qilinishicha, hajmli qonun hujjatlari bazasi mavjudligiga qaramay, transport bozorining rivojlanishiga bir-birini takrorlovchi tartibotlar, avtomobil transporti sohasidagi tadbirkorlar uchun cheklovlar va to‘sqinliklar to‘g‘anoq bo‘lmoqda.

Bunday muammolarni bartaraf etish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transport harakatini lisenziyalash departamentlarini tugatish bo‘yicha komissiyalar tuziladi. Departamentlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga birlashtiriladi.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 2 oy muddatda bepul asosda departamentlar tomonidan berilgan amaldagi lisenziyalar va lisenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtiradi. Qayta rasmiylashtirishga qadar tashuvchilar o‘z faoliyatlarini eski lisenziyalar asisida amalga oshiradilar.

Departamentlarni tugatish bo‘yicha komissiya 15 nafar kishidan iborat bo‘lib, unga I.Mahkamov – Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari departamenti mudiri boshchilik qiladi.
Mazkur Qarorlarning qabul qilinishi munosabati bilan:

1. Prezidentning “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga;

2. Prezidentning “Toshkent shahri va toshkent viloyatida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar