“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:43
ЎЗO‘Z

Poytaxtda o‘tkazilgan so‘rovnomada ota-onalarning 70 foizi 10–11-sinflar qayta ochilishini yoqlashmoqda

19 iyun, 09:38 6 309 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Poytaxtda o‘tkazilgan so‘rovnomada ota-onalarning 70 foizi 10–11-sinflar qayta ochilishini yoqlashmoqda Dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan, bugun — 2017 yilning 18 iyunini ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida tarixiy kun bo‘ldi, deb atash mumkin. Maktablarda so‘rov o‘tkazildi, uning yakuniga ko‘ra ota-onalar 10-11-sinflarning tiklanishi uchun «ha» yoki «yo‘q», deya o‘z fikrlarini bildirishlari kerak edi.

Kecha bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida maktab direktorlari, xalq ta’limi vazirligini poytaxt tumanlaridagi bo‘limlari, shuningdek, vazirlik vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilish davomida bosh vazir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Uchtepa tumanidagi 78-maktabga tashrifi davomida 10–11-sinflarni tajriba tariqasida qayta tiklash borasida bergan taklifini e’lon qildi.

Shu kunning o‘zidayoq bosh vazir Abdulla Aripov xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovga 18 iyun kuni soat 8:00 dan 16:00 gacha 10–11-sinflarni qayta joriy etishga rozi yoki rozi emasligini aniqlash yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazish vazifasini topshirgan edi. So‘rovnoma natijalari hukumatga shu kunning o‘zidayoq taqdim etilishi belgilab qo‘yilgan edi. So‘rovnoma yakunlarining rasmiy natijalari e’lon qilinmasdan aniqki, qatnashuvchilarning fikri bo‘linadi: bu taklifni qo‘llab quvvatlayotganlar ham bor, shuningdek, 10-11-sinflarning joriy etilishiga qarshilar ham. Ijtimoiy tarmoqlarda yangrayotgan fikrlarda, tahririyatga kelayotgan murojaatlarda ham bu hol ko‘zga tashlanib turibdi.

Kun.uz’ning xabar berishicha, poytaxt maktablaridagi 9-sinf bitiruvchilarning ota-onalari fikrini o‘rganish davomida o‘tkazilgan so‘rovnoma dastlabki tahlillariga ko‘ra, ota-onalarning 70 foizi maktablarda 10- va 11-sinflar ochilishini, farzandlari lisey yoki kasb-hunar kollejlaridan ko‘ra maktabda o‘qishni davom ettirishlarini yoqlashmoqda.

Ota-onalarning aksariyati buni farzandlarining hali yoshligi, ulg‘aygunga qadar o‘zlarning ko‘z o‘ngida, mahallada nazoratda bo‘lishini istashayotgani bilan tushuntirishgan. Kun.uzga ma’lumot bergan manba bu holat yuzasidan kelgusida viloyatlarda ham jamoatchilik fikri o‘rganilishini ma’lum qildi.

«Ota-onalar, albatta, farzandlarining o‘qishi, yurish-turishi nazoratda bo‘lishini xohlashadi, chunki maktabda nazorat kuchliroq, o‘quvchidar esa aksincha, erkinroq bo‘lishni — ota-ona va o‘qituvchilar nazoratidan xoliroq kollej yoki liseylarda o‘qishni istashadi», dedi manba.

«Bu vaziyatda hech kimning huquqlari poymol qilinmaydi, dastlabki so‘rov natijalari albatta tahlil qilinadi va shunga yarasha qaror chiqariladi», dedi Kun.uzga ma’lumot bergan manba.

Abdulla Aripov kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2017 yilning sentyabridan poytaxt tumanlarining har birida 4 tadan maktabda 10–11-sinflar tajriba tariqasida ochilishi haqidagi reja bilan o‘rtoqlashgan. Toshkent shahrida 11 ta tuman borligi inobatga olinsa, 44 ta maktabda yangi o‘quv yilidan 10-sinf, kelgusi o‘quv yilidan esa 11-sinf faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, maktablarda 7 yoshga to‘lmagan bolalar uchun «nolinchi» deb atalayotgan tayyorlov sinflari ham ochiladi..

Bosh vazir 10- va 11-sinflar uchun o‘quv-uslubiy rejalarni tayyorlash borasida topshiriq ham bergan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 72
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 25
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 209
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 86
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 41
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar