“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:17
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Vatanparvar mahallasi aholisi bilan suhbat qurdi

16 iyun, 17:18 6 612 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Vatanparvar mahallasi aholisi bilan suhbat qurdi Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Vatanparvar mahallasi hududidagi “Vatanparvar inoq kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Qalampir.uz» xabar berdi.

2010 yilda tashkil etilgan ushbu shirkat tumandagi eng namunali xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan biri bo‘lib, 38-uyning kirish yo‘laklari zamonaviy uslubda ta’mirlangan, uyga tutash hudud obodonlashtirilgan. Ko‘p qavatli uyning old qismi va yo‘laklarga videokuzatuv o‘rnatilgan. 60 xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatda kommunal tariflar aholi uchun qulay narxlarda ishlab chiqilgan.

Shirkatning o‘z mablag‘i hisobidan uch yil ilgari uyning tom qismi mukammal ta’mirlangan, yo‘laklarga zamonaviy eshiklar o‘rnatilgan. Uy oldida qurilgan avtoturarjoy shu erda yashovchi aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Turli attraksionlar, o‘yin qurilmalari bilan jihozlangan bolalar maydonchasi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham bahri dilini ochadi.

Prezident xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari Svetlana Orlova bilan shirkat faoliyati, ko‘p xonadonli turar joylarda aholining uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashdi. Shirkat xodimlari va xonadon sohiblarining qo‘l mehnati bilan obod maskanga aylangan bunday shirkatlar tajribasini o‘rganish, uni boshqa tumanlarga ham keng targ‘ib etish zarurligi ta’kidlandi.

“Ishlayman, yarataman degan odamga ko‘p narsaning keragi yo‘q. Oddiy qo‘l mehnati, ko‘pchilikning sa’y-harakati bilan o‘zi yashayotgan hududni shunday saranjom-sarishta, fayzli maskanga aylantirayotgan yurtdoshlarimiz ko‘payayotgani bizni quvontiradi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 0
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar