“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Prezidentning Andijonga tashrifi: ikki yil ichida farmsanoatda inqilobiy o‘zgarish bo‘ladi

15 iyun, 12:54 6 983 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezidentning Andijonga tashrifi: ikki yil ichida farmsanoatda inqilobiy o‘zgarish bo‘ladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investisiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Prezidentga viloyatda barpo etilayotgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalar to‘g‘risida batafsil axborot berilgandi.

“O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni Andijon viloyatida 2017-2018 yillarda mahalliy farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish va import o‘rnini bosuvchi dori vositalari va bir martalik tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqqan. Ushbu yo‘nalishga umumiy qiymati 24,2 mln. AQSh dollariga teng 23 ta investision loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Dasturning amalga oshirilishi natijasida 952 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan, joriy yilda 9,1 mln. AQSh dollariga teng 18 ta, 2018 yilda esa 15,1 mln. AQSh dollariga teng 5 ta farmasevtika korxonalari ishga tushirilishi va mavjud quvvatlarni modernizasiya va rekonstruksiya qilish hisobiga kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Trastbank” tomonidan Andijon tumanida “Zamin Bio Health” jamiyatida yillik quvvati 10 million flakon insulin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyiha amalga oshirilsa, 100 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlanadi. Loyiha hozirda Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, mamlakat aholisining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplaydi hamda eksport qilishga qaratilgan. Shu munosabat bilan, tegishli vazirlik va idoralar bilan “O‘zfarmsanoat” AKga korxona tomonidan ishlab chiqariladigan insulin vositasini kafolatli buyurtma bilan ta’minlash va ishlab chiqariladigan mahsulotni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Loyiha yil oxiriga borib ishga tushirilishi mumkin.

Shuningdek, Andijon shahrida (qiymati 11,8 mln. AQSh dollarida 11 ta loyiha), Asaka tumanida (1 ta loyiha, qiymati 0,2 mln. AQSh dollarida), Bo‘z tumanida (1 ta loyiha, qiymati 0,9 mln. AQSh dollarida), Jalaquduq tumanida (2 ta loyiha, qiymati 0,2 mln. AQSh dollarida), Izboskan tumanida (2 ta loyiha, qiymati 1,4 mln. AQSh dollarida), Oltinko‘l tumanida (2 ta loyiha, qiymati 7,6 mln. AQSh dollari)da amalga oshiriladi.

Kelajakda ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida doimiy ehtiyojga aylangan infuzion eritmalar, antibiotiklar, ampula, tabletka, kapsula shaklidagi dori vositalari aholiga etkazib beriladi.

Shuningdek, bir martalik shprislar, sistemalar, shisha idishlar va dorivor o‘simliklar tarkibidan ekstraksiya usuli bilan aktiv dorivor substansiyalar ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar