“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:29
ЎЗO‘Z

Umra-2017 Ramazon mavsumi boshlandi. Bugun ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi

13 iyun, 14:59 7 405 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umra-2017 Ramazon mavsumi boshlandi. Bugun ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi Bugun, 13 iyun kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 205 nafardan iborat dastlabki guruhi Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra amallarini bajarish uchun uchib ketdilar, deya xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xalqaro aloqalar bo‘limi.

Joriy yilning 13 iyun kunidan 29 iyun kuniga qadar o‘zbekistonlik fuqarolarni umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish rejalashtirilgan.

Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 13 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.

Barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarda meningit va grippga qarshi zardob bilan emlandi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida «Masjidi nabaviy»dan 100 150 metr masofada joylashgan to‘rt yulduzli «Nur al-Mavadda» mehmonxonasi, Makka shahrida esa «Xaram masjidi»dan 500 550 metr uzoqlikdagi «Abroj al-Meridian» mehmonxonasi tayyorlab qo‘yilgan.

“Umra-2017” Ramazon mavsumida jami 672 nafar fuqarolarimiz umra ibodatini ado etishlari rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 130
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar