“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:24
ЎЗO‘Z

Tanishini 25.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan firibgar ushlandi

13 iyun, 00:13 6 610 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanishini 25.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan firibgar ushlandi 2015 yilning taxminan may oyida, Yashnobod tumani hududida, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan, Nurali Sadritdinovich Rizaqulov tanishi Erali Sobirovning ishonchiga kirib, unga «Otchopar» bozoridan do‘kon olib berishni va’da qilib, undan 25.500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan, deb xabar beradi «Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi» matbuot xizmati.

Shundan so‘ng, Sobirov ikki yil davomida Rizakulovdan va’dasini bajarishini yoki pullarini qaytarib berishini talab qilganida, u turli xil bahonalar bilan aldab kelganligi sababli, Sobirov tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam so‘rab, ariza bilan murojaat etgan.

2017 yilning 05 iyun kuni, Sobirovning arizasiga ko‘ra Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan ko‘p miqdorda qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rizaqulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar