“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:45
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida “Qoradori – 2017” tadbiri o‘tkazilmoqda

09 iyun, 04:27 6 798 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida “Qoradori – 2017” tadbiri o‘tkazilmoqda Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tadbirlar natijasida yil boshidan buyon 514ta, 1-7 iyun kunlari oralig‘ida 34ta holat aniqlandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida yil boshidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari yil boshidan 88tani, hafta mobaynida 2tani tashkil etgan.

Shuningdek, hafta davomida 1 kg 031 gramm, yil boshidan esa 25 kg 720 gramm giyohvandlik vositalari olingan. Xususan, 2017 yilning 2 iyun kuni shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Sergeli tumani hududida muqaddam bezorilik jinoyati bilan sudlangan R.M. yonida og‘irligi 27,65 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
2017 yilning 4 iyun kuni ayni shu “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida F.T. o‘z uyi hovlisida, qonunga xilof ravishda, tarkibida giyohvandlik vositasi mavjud bo‘lgan 15 tup “nasha” o‘simligini ekib, etishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va etishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Mirzaev va To‘laganovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 31
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 71
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 343
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar