“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 23:59
ЎЗO‘Z

2017-2018 o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi 14 foizga oshirildi

07 iyun, 18:21 8 389 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2017-2018 o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi 14 foizga oshirildi Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlar qabuliga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi direktori Majid Karimov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Laziz To‘ychiev, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mansurxon Kamolovlar chiqish qilishdi.

Anjumanda ishtirok etgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, unda Harakatlar strategiyasiga asoslanib, Prezident tomonidan 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilingani hamda uning mohiyati alohida qayd etildi. Oliy o‘quv yurtlari oldiga jahonning etakchi ilmiy-ta’lim dargohlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mintaqa talablari va kadrlar tayyorlash orasidagi aloqani munosib ta’minlash, pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, OTM ilmiy salohiyatini mustahkamlash kabi mas’uliyatli vazifalar qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Ta’kidlash joizki, dastur qabul qilinishi orqali OTMlarga qabul kvotalarini 18 foizga oshirish va OTMlar o‘quv dasturiga kamida 350 nafar yuqori malakali mutaxassis, o‘qituvchi va olimlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Qabul kvotasining kengayishi barcha oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qayd etildi.

Shu yilning 5 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2955-sonli "2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. Mazkur hujjatda bir qator yangiliklar mavjudligi ta’kidlandi. Jumladan, qabul kvotasi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 mingtaga (14 foizga), 57 907 dan 66 316 taga ko‘paytirilgani ma’lum qilindi. Shuningdek to‘lov-shartnoma pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul joriy etilishi aytildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 61
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 106
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 55
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 156
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 36
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 390
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 359
  • Bo‘limlar