“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:26
ЎЗO‘Z

OTMlarga kirishda superkontrakt qay tartibda amalga oshiriladi?

07 iyun, 18:18 9 588 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OTMlarga kirishda superkontrakt qay tartibda amalga oshiriladi? Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlar qabuliga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, unda 68 ball va undan kamroq ball olganlarning qo‘shimcha shartnoma (superkontrakt) bo‘yicha o‘qish masalasi ko‘tarildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 4 ballgacha past ball olgan abiturientlar qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha ta’lim oladi. Undan keyingi stavkalar olingan ballga qarab boqichma-bosqich ko‘payaveradi. Bu stavkalarning belgilanishi har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Qo‘shimcha o‘rinlar ham barcha OTMlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov bu borada qo‘shimcha qildi: "Kvotadan tashqari oliy ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Bunda birinchi shart - oliy ta’lim muassasasida qo‘shimcha qabul uchun imkoniyat bo‘lishi kerak. Ikkinchidan esa, o‘sha belgilangan summani to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lishi masalasi bor.

68 ball oldi - talaba bo‘ldi degani emas. Nega? Masalan, oliy o‘quv yurtlarida 1 ballni olsak, shu 1 ballning o‘zini ichida bir OTMda 50 abiturient, boshqasida esa 2 nafargina o‘tirgan bo‘lishi mumkin. Superkontraktni belgilashda birinchi qadam 1,5 - 2 - 2,5 barobar va h.k. tartibda ketadi".

Ma’lum qilinishicha, hozirda bakalavr bosqichiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlar boshlangan. Shundan kelib chiqib yanada aniq ma’lumotlar beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar