“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:36
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga bordi

03 iyun, 19:02 7 096 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga bordi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi eski “Andijonmash” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. Bu erda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kichik sanoat zonasi loyihasi bilan tanishdi.

Bo‘sh turgan er maydoni 19,16 gektar bo‘lgan mazkur hududda tashkil qilinadigan sanoat zonasida yengil sanoat, elektrokabel, charm-poyabzal mahsulotlari, eshik-rom, mebel, dori-darmon, plastmassa va qurilish materiallari ishlab chiqariladi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari qayta ishlanadi. 2 ming yangi ish o‘rni ochiladi.

Sanoat zonasida tadbirkorlar va tijorat banklari tomonidan 127 milliard so‘mlik 15 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

“Engelberg Group” MChJning yangi fabrikasi ana shu loyihalardan biri. Alyumin profilli romlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona Turkiya va Germaniyadan keltiriladigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. “Rohat savdo servis” MChJ tomonidan suspenziyalar, tibbiy mazlar, ampulalar, sirop va tabletkalar ishlab chiqariladi.

Viloyatdagi xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bu borada shahar va tumanlarda qo‘shimcha xatlov ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar 5 ming 697 bino-inshoot xatlovdan o‘tkazildi, ularning 283 tasi bo‘sh turganligi aniqlangan. Shulardan 210 tasida yangi loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Prezidentga taqdim qilingan loyihalar kichik va yirik GESlar qurish, gaz ta’minoti tizimini takomillashtirish, sement va ohak ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarga mo‘ljallangan.

Buloqboshi tumanida Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 21 ming tonna kimyoviy cho‘ktirilgan bo‘r mahsuloti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Mahsulot to‘liq mahalliy xomashyo – ohaktoshdan olinadi. Korxona ishga tushgach, chet eldan sotib olinayotgan shu turdagi mahsulotga bo‘lgan talab qondiriladi, uni eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat rahbari loyiha tashabbuskorlari – tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. “O‘zfarmsanoat” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan farmasevtika sohasini rivojlantirish dasturi loyihasiga alohida e’tibor qaratdi.

“Trastbank” tomonidan Andijon tumanida “Zamin Bio Health” jamiyatida yillik quvvati 10 million flakon insulin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyiha amalga oshirilgach, 100 kishi ish bilan ta’minlanadi.

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan mazkur sohani rivojlantirish dasturi loyihasi taqdimoti yaratiladigan ish o‘rinlarining ko‘pligi bilan e’tiborni tortdi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatida amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalar bilan tanishdi.

Bunda yengil avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqarish, uskuna va jihozlarni modernizasiya qilish, yengil avtomobillar qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi modeldagi avtomobillar uchun interer, shtamplangan, payvandlangan panellar, radiator, kondisioner tizimlari, o‘rindiqlar, ovoz so‘ndirgich tizimi qismlari, gaz chiqarish tizimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar