“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 23:21
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi

03 iyun, 16:31 8 204 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan voyaga etmagan Ruxshod Tirkashov (ismlari o‘zgartirilgan) muqaddam jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon - taroj qilishga urinadi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

U jinoiy sherigi 2001 yilda tug‘ilgan Komil Buriev bilan jinoiy til biriktirib, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Mehrob Vorisovga tegishli “VAZ-2102” rusumli avtomashinani olib qochib ketgan. IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mashina olib qocharlari tezda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu guruh tomonidan ilgari ham avtotransport vositasini olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik kabi jinoyatlar sodir etilganligi aniqlangan. Bu jinoiy harakatlarga 2000 yilda tug‘ilgan Ilxom Yoqubov ham jalb etilgan.

Jumladan, Komil Buriev va Ilxom Yoqubovlar tomonidan joriy yilning 14 may kuni To‘ytepa shahri Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan notarius binosi yaqinida eshiklari ochiq holatda turgan sariq rangli “VAZ 21011” rusumli avtomashinani olib qochib ketishgan.

Hozirda ushbu voyaga etmaganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 0
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 0
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 11
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 60
  • Bo‘limlar