“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:09
ЎЗO‘Z

Jizzaxda bozorqo‘mdan pul talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

31 мая, 07:20 5 817 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda bozorqo‘mdan pul talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi Baxmallik Esonboy (ism-shariflar o‘zgartirilgan) tumandagi dehqon bozoriga yo‘l oldi. Oldindan rejalashtirganidek, to‘ppa-to‘g‘ri bozor rahbari Sh.Xonkeldiev xonasiga kirib bordi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Salom-alikdan so‘ng bozorqo‘mga yuzlandi:

- Sharifboy, meni bilasan, erning tagida ilon qimirlasa sezaman. Uncha-buncha odamning nozik tomonini topaman-da...
- Tushunmadim, Esonboy aka. Bu gapingiz bilan nima demoqchisiz?

- Bozor katta, sen undan uncha, bundan buncha, deganday, noqonuniy tirikchilik qilyapsan, buni sezib yuribman.
- Haddingizdan oshmang, hech bir isbotsiz ustimdan mag‘zava ag‘darmang, - jahli chiqdi Sharif Xonkeldievning.

- Hov bola, - yoshi kattaligini pesh qilib, osmondan kela boshladi Esonboy. – Aytganimni qilasan, aks holda shunday qilamanki, tug‘ilganingga pushaymon bo‘lasan!
- Bilganingizni qiling, mening birovdan muttahamlik joyim yo‘q.

Esonboy rejasi amalga oshmagani uchun kayfiyati buzilib, noiloj uyiga qaytdi. Qo‘liga qog‘oz-qalam olib, Sh.Xonkeldievning ustidan to‘qib-bichib shikoyat arizani yozdi-da, tegishli idoraga jo‘natdi.

Oradan bir necha kun o‘tib, bundan voqif bo‘lgan Sharif Xonkeldiev nega ariza yozganini so‘rash maqsadida Esonboyga uchrashdi. Shikoyatini qaytarib olishni so‘rab iltimos qildi. Esonboy esa 15 million so‘m bersagina, arizasini qaytarib olishini aytdi.

Sharif bu odamning qandayligini yaxshi bilar edi. U mansabdorlarni qo‘rqitib, ulardan tama evaziga pul olib, cho‘ntagini qappaytirish payidan bo‘lardi. Shu bois “Hech qanday aybim bo‘lmasa, qonun bor, adolat bor” deya u ham E.Kenjaboyev tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilayotganligi to‘g‘risida Baxmal tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi.

E.Kenjaboyev qilmishi qonunga xilof ekanligini bila turib, tovlamachilik yo‘li bilan Sh.Xonkeldievdan 6 million 500 ming so‘m olayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Nafsiga erk qo‘yib, tuhmat evaziga daromad qilmoqchi bo‘lgan tovlamachiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar