“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:38
ЎЗO‘Z

Olimlar insonning biologik yoshini aniqlashni o‘rganib olishdi

31 мая, 00:00 9 433 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar insonning biologik yoshini aniqlashni o‘rganib olishdi Rossiyalik olimlar insonning biologik yoshini aniqlash bo‘yicha samarali usul o‘ylab topishdi. Masalan, yurak kasalliklari bu yoshga bir necha yil qo‘shar ekan. Ushbu tadqiqot tibbiyot xodimlariga qarishning oldini olishda asqotadi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Rossiyalik mutaxassislar odamning yurak-qontomir tizimi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, biologik yoshini aniqlashni o‘rganib olishdi. Me’yordagi va sog‘lom insonda bu yosh u yashagan yillar bilan mos tushadi, biroq ham tashqi, ham ichki zararli omillar ta’sirida raqamlar keskin farqlanishi ham mumkin ekan.

Insonning haqiqiy biologik yoshini qanday aniqlash mumkin — tibbiyot xodimlarida shu paytgacha bu borada aniq bir to‘xtam yo‘q edi. Eng aniq usul — DNK ekspertizasi bo‘lsa-da, u ikkita kamchilikka ega edi: 3–4 yilgacha farq va tekshirish ishlarining o‘ta qimmatligi.

«MISiS» tadqiqot texnologik milliy universiteti olimlari o‘zining yangi ixtirosi haqida shunday deyishgan:

«Bizning tadqiqotimiz uyqu arteriyasining tonometriyasi va ultratovush tadqiqotiga asoslangan. Kompyuter yordamida shunday formula ishlab chiqdik-ki, u sog‘lom kishilarning biologik yoshini erkaklar uchun 7 yil, ayollar uchun 6 yil aniqlikda oldindan aytib bera oladi. Qon bosimi ko‘tarilib turadigan va qandli diabetga chalingan bemorlar ustida o‘tkazilgan sinovlarning ko‘rsatishicha, bunday dardga chalingan bemorlarning biologik yoshi haqiqiy yoshidan 3 yilga ko‘proq ekan».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar