“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:15
ЎЗO‘Z

O‘rinbosarini ishdan chetlatishni taklif etgan “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarining o‘zi ishdan olindi

21 мая, 09:46 6 742 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘rinbosarini ishdan chetlatishni taklif etgan “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarining o‘zi ishdan olindi Avvalroq, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha Hosil Xolmatov o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valievni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifini kiritgani haqida xabar bergan edik.

O‘rinbosarini ishdan chetlatish taklifini kiritgan rahbarning o‘zi ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmay turib vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Toshkent shahar hokimining 2017 yil 12 maydagi 578-sonli qarori bilan “Toshshahartransxizmat” “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlangan Hosil Xolmatov Toshkent shahar hokimining 2017 yil 19 maydagi 614-sonli qaroriga asosan vazifasidan ozod etilgan.

Ma’lum qilinishicha, Hosil Xolmatov o‘tgan qisqa vaqt mobaynida ko‘pgina topshiriqlarni xodimlarni lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan vazifalar bo‘yicha emas, balki o‘zining sub’ektiv qarashlaridan kelib chiqib bergan, o‘tkazilgan yig‘ilishlarda qisqa vaqt (10 kun) mobaynida yo‘lovchi tashish transporti faoliyatini tubdan o‘zgartirish yuzasidan, jumladan oylik yo‘l chiptalari bo‘yicha qimmatbaho sovrinlar berilishi kabi yuzaki o‘ylangan, chuqur tahlillarga asoslanmagan holda vazifalar bergan.

Vaholanki ushbu masalalarni har tomonlama o‘ylangan va har bir avtobus korxonasining ish faoliyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan ish rejalari asosida tizimli va qat’iy belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash mumkin, deyiladi tashkilot axborotida. — Buning isboti sifatida shahrimiz aholisi va mehmonlari tomonidan ularga yutuqli lotoreya o‘yinlari emas, balki birinchi galda sifatli, madaniyatli va bexatar transport xizmati ko‘rsatilishi kerakligi, ayniqsa, xaydovchi va chiptachilarning yo‘lovchilarga bo‘lgan munosabatlarining tubdan yaxshilanishi yuzasidan bildirayotgan e’tirozlarini ta’kidlash mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, Hosil Xolmatov tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valievni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi rahbariyat tomonidan rad etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar