“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:41
ЎЗO‘Z

Ukrainada "Odnoklassniki" va "VKontakte" o‘rniga Ukrainians ijtimoiy tarmog‘i yaratiladi

20 мая, 13:32 5 001 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukrainada "Odnoklassniki" va "VKontakte" o‘rniga Ukrainians ijtimoiy tarmog‘i yaratiladi Kanadaning dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi StartupSoft kompaniyasi mutaxassislari Ukrainaga Ukrainians deb nomlangan yangi ijtimoiy tarmoq yaratishni taklif qilishdi va loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar to‘plash tizimini yo‘lga qo‘yishdi, deb xabar qildi Kun.uz nashri.

"StartupSoft'ning 30 dasturchidan iborat jamoasi Aleksandra Strumchinskaya (ijtimoiy tarmoq masalalari bo‘yicha ukrainalik mutaxassis) bilan bir vaqtning o‘zida uch platforma - web, iOS va Android uchun Ukraina ijtimoiy tarmog‘ini ishlab chiqishga tayyor. Mazkur mahsulot ishlanmasiga kapital va vaqt ajratishdan oldin unga ehtiyoj borligiga ishonch hosil qilish kerak", - deyiladi Ukrainians deb nomlangan bo‘lg‘usi ijtimoiy tarmoqning veb-sahifasidagi xabarda.

Ushbu sahifaning o‘zidayoq yangi ijtimoiy tarmoqning yaratilishini qo‘llab-quvvatlab ovoz berish mumkin. Xabarga ko‘ra, joriy yilning 1 iyuniga qadar 50 mingdan ziyod ovoz to‘plansa, StartupSoft to‘rt oy ichida yangi loyihani ishlab chiqadi.

Bugunga qadar mazkur loyiha 6834 kishi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan avval Ukraina prezidenti Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining sanksiyalar joriy qilingan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Ushbu ro‘yxatdan Rossiyaning 1228 nafar fuqarosi hamda 468 kompaniyasi o‘rin oldi. Qaror chorshanba kunidan boshlab kuchga kirdi.

Ushbu qarorga muvofiq, Ukraina hududida "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari ham taqiqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar