“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:46
ЎЗO‘Z

Endi xalqaro kartochkalar uchun internet-ekvayring xizmati yo‘lga qo‘yiladi

16 мая, 11:25 6 215 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi xalqaro kartochkalar uchun internet-ekvayring xizmati yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Milliy matbuot markazida pul muomalasini takomillashtirish va plastik kartochkalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki joriy yilning 1 mayiga qadar 2 million 950 mingtadan ziyod plastik kartochkani muomalaga chiqargan. Joriy yilda bank 600 ming plastik kartochka sotib olishni rejalashtirgan bo‘lib, hozir 160 mingta kartochka xarid qilingan. Joylarda o‘rnatilgan terminallar 22 mingdan oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori plastik kartochkalardan foydalanish tizimini takomillashtirmoqda.

Bankning xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini oshirish borasidagi loyihalari olis hududlardagi ishbilarmonlarga ham qulaylik va imkoniyatlar yaratmoqda.

Milliy bank joriy yilning aprel oyidan boshlab Visa to‘lov tizimi bilan hamkorlikda xalqaro kartochkalar uchun internet-ekvayring xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda ushbu xizmatdan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ektlari xorijga o‘z mahsulotlarini internet orqali sotishi va sotilgan tovar uchun mablag‘larni plastik kartochkasida qabul qilib olishlari mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, milliy mahsulotlarimizning chet ellardagi savdosi oshishi, tadbirkorlik sub’ektlari hisobraqamlariga tushayotgan valyuta hajmi ko‘payishini ta’minlaydi.

Matbuot anjumanida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish borasidagi yana bir qator yangiliklar va istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar