“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

Samarqandda 5 kilo oltin taqinchoqlar davlat foydasiga musodara qilindi

15 мая, 16:31 12 488 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda 5 kilo oltin taqinchoqlar davlat foydasiga musodara qilindi Samarqand xalqaro aeroporti aviasiya xavfsizligi xizmati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yaqinda yirik miqdordagi oltin taqinchoqlarning O‘zbekiston hududidan olib chiqilishiga chek qo‘ydilar, deb xabar qildi Hordiq.uz sayti.

Bojxona nazorati amalga oshirilishi davomida Rossiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari: U.Xudoyberdiev, M.Zokirova, M.Xolbekova va Z.Haydarova(ism va familiyalar o‘zgartirilgan)larga qarashli yuklar orasida og‘irligi 5 kilogrammdan ziyod bo‘lgan 26 dona oltin taqinchoqlar borligi aniqlangan.

Ushbu taqinchoqlar bojxona xodimlari tomonidan og‘zaki savol-javob o‘tkazilganda tilga olinmagan va deklarasiyada ham ko‘rsatilmagan. Oltin taqinchoqlardan iborat tovarning umumiy qiymati 860 million so‘mdan ziyodligi qayd etilmoqda.

Xabarga ko‘ra, kontrabandistlar taqinchoqlarni — jomadon tutqichlari va ayollar sumkasi ichiga yashirganlar, shuningdek, tugma va milliy taqinchoqlar ichida maxsus tayyorlangan maxfiy joylarga bekitganlar. Kontarabandistlar bu qimmatbaho yukni Moskva orqali Hindistonga etkazib berishlari kerak bo‘lgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolarga qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan zargarlik buyumlari — umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5ta mahsulotni aksiz solig‘ini to‘lamasdan O‘zbekiston hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga olib kirilayotgan qimmatbaho taqinchoqlar bojxona deklarasiyasi to‘ldirilishi vaqtida ko‘rsatib o‘tilishi shart.

«Samarqand shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudi sudyasi G. Negmatov tomonidan U. Xudoyberdievga jinoiy harakatlar tashabbuskori sifatida jarima solindi va qimmatbaho taqinchoqlar ashyoviy dalil sifatida davlat foydasiga musodara qilindi», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar