“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:45
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar IIBB eng “olg‘ir” qoidabuzarlarni oshkor etdi

15 мая, 15:17 7 465 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar IIBB eng “olg‘ir” qoidabuzarlarni oshkor etdi Joriy yilning 6-13 may kunlari oralig‘ida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Gold Air Travel mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Malibu rusumli transport vositasi haydovchisi o‘z boshqaruvidagi avtomashinada jami 17 marotaba yo‘l harakati qoidasini buzgan, deb yozadi Qalampir.uz.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, ushbu qoidabuzarliklarning 16 tasi belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 1 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish holatlaridir. Qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori ham 8 million 87 ming 850 so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi Bilol Myagkaya krovlya korxonasiga tegishli Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi qoidabuzarliklari tufayli 13 marta kuzatuv kameralarida qayd etilgan. U 11 marta tezlikni belgilangan me’yordan oshirgan, 2 marta svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmagan. Umumiy jarima miqdori esa 2 million 845 ming 725 so‘mni tashkil etgan.

Toshkent shahar hokimligining Ma’muriy binolardan foydalanish direksiyasiga tegishli Epica rusumli avtoulov haydovchisi mazkur transport vositasini boshqarayotib, 12 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Haydovchi chorrahalarda svetoforning qizil chirog‘idan 7 marta o‘tib ketgan. Qoidabuzarliklar uchun 2 million 845 ming 725 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Olmazor tumanidagi Orange taxi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Nexia rusumli avtomobil haydovchisi kuzatuv kameralari ishga tushganidan buyon 11 marta qoidabuzarliklar sodir etgan. Yuqoridagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori 2 million 96 ming 850 so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Sergeli tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Global Building Machinery korxonasining Malibu rusumli avtomashina haydovchisi 9 marta kuzatuv kameralariga tushgan. Unga 2 million 695 ming 950 so‘mlik jarima solingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar