“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:38
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi norasmiy valyuta bozorlaridan 500 ming dollar musodara qilindi

13 мая, 13:35 8 234 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi norasmiy valyuta bozorlaridan 500 ming dollar musodara qilindi Toshkentda 2017 yil boshidan buyon umumiy qiymati 500 ming dollardan ortiq xorij valyutasi noqonuniy aylanmadan olib qo‘yildi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

"2017 yil boshidan buyon departament xodimlari tomonidan 364,5 ming AQSh dollari, 11,7 ming evro, 663,4 ming Rossiya rubli, 227,4 ming qozoq tangasi hamda 1,3 milliard so‘mga teng boshqa xorijiy valyutalar musodara qilindi. Musodara qilingan pullarning umumiy qiymati 500 ming AQSh dollaridan oshadi", — deb xabar qildi Bosh prokuratura vakili.

Departament ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon 177 ta noqonuniy xorijiy valyuta sotish holati qayd etilgan. 31 holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 146 ta holatda ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.

Respublika qonunchiligiga muvofiq, valyuta qiymatlariga noqonuniy egalik qilish yoki ularni fuqarolar tomonidan sotish qonunan jazolanadi – eng kam ish haqining besh baravarigacha (MB kursi bo‘yicha 200 dollar atrofida) jarimadan tortib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zbekistonda 2013 yil 1 yanvardan aholiga erkin konvertasiyadagi valyutani naqd ko‘rinishda sotish taqiqlangan. Jismoniy shaxslar xorijiy valyuta sotib olish uchun respublika tijorat banklarida xalqaro Visa yoki MasterCard Exchange tizimlarida maxsus konversion plastik kartalarni olishlari lozim.

O‘zbekistonda hozirda xorijiy valyutani almashtirishning bir nechta kurslari mavjud. O‘zbekiston Markaziy banki belgilagan rasmiy kurs bo‘yicha bir dollar 3734,91 so‘mga teng. Shuningdek, bir dollar 10 ming so‘m atrofida belgilangan birja kliring kursi ham mavjud.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 1
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 8
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar