“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:16
ЎЗO‘Z

O‘rtachirchiq tumanida chaqaloqni 100 dollar va 900 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

13 мая, 11:51 5 835 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘rtachirchiq tumanida chaqaloqni 100 dollar va 900 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi Odam savdosi - inson, uning sha’ni, qadr qimmati osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid soladi. Bu uyushgan jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda. O‘rtachirchiq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida endigina bir necha kunlik bo‘lgan chaqaloq “oldi-sotdisi”ning oldi olindi, deb xabar beradi Kun.uz.

O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxonada hamshira bo‘lib ishlovchi 1967 yilda tug‘ilgan Gavhar Olimova (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan), shu tumanda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Gulruh Ochilova va uning onasi 1972 yilda tug‘ilgan Mahbuba Ochilovalar oldindan jinoiy til biriktirib, Gulruh Ochilovaning shu yil 12 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona hovlisida 100 AQSh dollari va 900 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi. Endi bu fuqarolar qonun oldida birdek javob berishadi.

Odam savdosi va ushbu xavfli jinoyat bilan bog‘liq harakatlarning oldini olish va unga qarshi keskin kurashishga qaratilgan Qarorlar ijrosi bo‘yicha bugun mahalla faollari o‘rtasida soha mutaxassislari jalb etilgan holda turli uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad, huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lida dadil odimlayotgan yurtimizning har bir fuqarosi o‘zini ushbu ishga mas’ul deb bilishidir. Ana shundagina har qanday illatning oldi olinadi va bugungi amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar zoe ketmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar