“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:26
ЎЗO‘Z

Benzinni ustama narx qo‘yib sotayotganlar qo‘lga tushdi

12 мая, 13:14 6 926 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Benzinni ustama narx qo‘yib sotayotganlar qo‘lga tushdi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Ishonch telefon»lariga bir haftada 228 ta murojaat Davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan «Ishonch telefonlari» orqali o‘tgan hafta davomida (26 apreldan 2 mayga qadar) jami 228 ta, shundan 17 ta yuridik va 211 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob «Terminal» apparatlari ishlatilmayotganligi, xarid cheki bermaslik holatlari qayd etilgan, deb yozadi Hordiq.uz.

Jumladan, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasining «Ishonch telefoni»ga viloyat hududidagi ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh)larida yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining sun’iy ravishda etishmovchiligini yuzaga keltirish, yoqilg‘ilarni noqonuniy ravishda va nostandart idishlarda sotish, nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik, to‘lov terminali orqali hisob-kitob qilinganda ustama narx qo‘yib sotish hamda shoxobchada benzin mahsuloti bo‘lsada, sotishdan bosh tortish yoki rad qilish holatlari haqida murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro tumani Shergiron qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Qutisos» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli AYoQShda o‘tkazilgan tekshirishda haqiqatan ham AYoQSh operatori A.Muqumov tomonidan xaridorga 8,6 litr benzin mahsulotining har litrini 3300 so‘mdan 28 ming so‘mga, ya’ni har bir litr benzin narxiga 500 so‘mdan ustama narx qo‘yib sotilayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, u xaridorga shoxobchada o‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasining xarid chekini ham bermagan.
Shoxobchada o‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasining kunlik hisoboti bilan shoxobcha kassasidagi tushum solishtirilganda jami 3 million 165 ming so‘m kunlik naqd savdo pullari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar