“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:34
ЎЗO‘Z

Rossiyalik aktyor: “Kim o‘zbeklarni gastarbayter desa, basharasiga tushiraman”

08 мая, 15:39 10 127 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik aktyor: “Kim o‘zbeklarni gastarbayter desa, basharasiga tushiraman” Rossiyalik teatr va kino artisti Yuriy Stoyanov hamisha har qanday vaziyatda o‘zbekistonliklarni himoya qiladi, chunki Ikkinchi jahon urushi davrida bir o‘zbek oilasi uning tug‘ishganlariga va ko‘plab ruslarga ularning omon qolishlariga juda katta yordam ko‘rsatgan. Bu haqda Hilol.uz sayti yozmoqda.

“Nemislar Stalingrad ostonasiga yaqinlashganda, mening onam etti yoshda, ukasi esa besh yoshda bo‘lgan. Ular buvisining tarbiyasida bo‘lganlar, negaki ularning onasini oldinroq zavod bilan birga boshqa xavfsiz joyga ko‘chirgandilar. Nemislar ancha yaqinlashib kelishganida, ularni eshelon qilib Toshkentga ko‘chirishdi. Yo‘lda ularga samolyotlar hujum qilgan, dahshatli bombalar yomg‘iri bo‘lgan. Keyinchalik ularni alohida Toshkentga jo‘natishgan. Toshkentga etti yoshli qizaloq, besh yashar bola va ularning buvisi alohida-alohida etib kelishgan. Toshkentda yosh bolalar suratlari, ularning tavsifi yopishtirib qo‘yilgan devorlar va to‘siqlar bo‘lgan. Ushbu devorlarning yonida har kuni odamlar to‘plangan. Bu er odamlar bir-birini topishi mumkin bo‘lgan yagona imkoniyat edi. Shunday qilib, devordagi qog‘ozlar va e’lonlar yordamida u erda mening oilam bir-birini topib olgan.


Urush yillarida o‘zbek oilalari ko‘plab etim bolalarni asrab olgan.

Ular, boshqa ko‘chirib keltirilganlar kabi, o‘zbeklar oilasida qo‘nim topdilar. O‘zbeklar ularga uyidagi yakka-yu yolg‘iz karovatini, yostig‘i, ko‘rpasini bergan. Uyida nimasi bo‘lsa, shularning eng yaxshisini taqdim qilgan. O‘zbeklar ruslarni o‘limdan saqlab qolgan. Mening oilam nafaqat tirik qoldi, balki yashab ketdi ham. Urushning oxirigacha ular Toshkentda yashab turishdi. Bu o‘zida chuqur ma’noni jamlagan juda oddiy tarix. O‘shandan beri men onam tayyorlaydigan o‘zbekcha non va palovni juda yaxshi ko‘raman.
Qachon mening oldimda bunday odamlarni gastarbayter desalar, buni hazm qilolmayman, qachon “churka” desalar, basharasiga tushirishim mumkin.”




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 41
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar