“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

Andijon viloyat hokimi Ruslan Chagaevga to‘n kiydirdi

06 мая, 15:49 8 343 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijon viloyat hokimi Ruslan Chagaevga to‘n kiydirdi 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus bo‘limlaridan iborat jamoalar o‘rtasida xizmat uchkurashi viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sportning suzish, yugurish, o‘q otish turlari bo‘yicha sportchilar birinchilik uchun o‘zaro kurash olib bordilar. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Bugun, 6 may kuni Andijondagi Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi tadbirda ishtirok etgan boks bo‘yicha jahon chempioni, Andijon farzandi Ruslan Chagaevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi.

"Men mana shu yurtda unib-o‘sib, muvaffaqiyatlarga erishganimdan doimo faxrlanaman. Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo ta’zimdaman", dedi Ruslan Chagaev.

Tadbir yakunida Ruslan Chagaevning yosh sportchilar hamda boks muxlislari bilan jonli suhbati bo‘lib o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar