“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:05
ЎЗO‘Z

Italiyalik "frankenshteyn" ikki boshli kalamush yaratdi

29 apr, 23:51 8 002 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiyalik "frankenshteyn" ikki boshli kalamush yaratdi Italiyalik "frankenshteyn" deb atalgan jarroh Serjio Kanavero va uning xitoylik hakasbi Syaopin Ren kalamushga ikkinchi boshni o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Operasiya vaqtida donor kalamushning old panjalari va boshi boshqa bir sog‘ kalamushning boshi tepasiga ko‘chirib o‘tkazildi. Operasiya davomida yana bitta kalamushdan foydalanildi, uning yordamida qon bosimi ushlab turildi. Kalamushga ko‘chirib o‘tkazilgan bosh uning asl boshi bilan bir xilda faoliyat yuritgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘ziga xos "apgreyd" qilingan kalamush 36 soatgina yashagan. Shunga qaramay, operasiya Kanavero tomondan muvaffaqiyatli deb qabul qilindi, chunki undan maqsad operasiya davomida jiddiy qon yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan.

O‘tgan yili Kanavero maymunga bosh ko‘chirib o‘tkazgani va maymun shundan keyin 20 soat yashagani, so‘ngra dori vositasida uning hayotiga chek qo‘yilganini ma’lum qilgandi.

Kanaveroning aytishicha, bunday operasiyalarning kalamushlarda o‘tkazilishi odamlarga tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish yo‘lidagi muhim qadamdir.

2015 yil fevralida Kanavero inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha loyihani boshlayotganini ma’lum qilgandi. Bu tajribada ko‘ngilli sifatida rossiyalik nogiron, bel mushak atrofiyasi sababli nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan Valeriy Spiridonov ishtirok etmoqda. Uning boshi sog‘lom tanaga ko‘chirib o‘tkazilmoqchi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar