“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Oilasini buzish bu zinodan ham og‘irroq gunohligi aytildi

18 apr, 10:24 17 459 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oilasini buzish bu zinodan ham og‘irroq gunohligi aytildi Eri bor ayolga sovchi bo‘lish mutlaq haromdir, gunohdir. Ba’zilar «Bu shundoq ham tushunarli-ku, kim ham eri bor ayolga sovchi bo‘lardi? Boshida eri bor ayolga sovchi bo‘lish gunohligini hamma biladi» deyishi mumkin. Lekin shunday kimsalar borki, tuppa-tuzuk yashab turgan er-xotinni bir-biriga qayrab, erini xotiniga, xotinni eriga yomon ko‘rsatib, oilasini buzish mumkin. Birovning ayoliga erishish uchun unga yaxshi gapiraverib, sovg‘a-salomlar beraverib, oxiri eridan aynitishi, erdan ajrasang, senga uylanaman deb, uylanib olayotgan nomardlar ham ozmuncha emas ekan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bir ayolni eriga qarshi qayrab, eriga munosabatini buzgan yoki qulni o‘z xojasiga qarshi qayragan odam bizdan emas», deganlar. Bir rivoyatda «Xotinni eriga qayragan odam» deyilgan. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.

Masalan, bir odam tuppa-tuzuk yashab turgan oilaning o‘rtasiga tushib, er-xotinning orasini buzadi, oxiri ish taloqqa borib etadi, keyin u o‘sha ayolga uylanadi. Yana o‘zicha «Men zino qilmadim. Talog‘ini oldi, iddasini o‘tirdi, shundan keyin men uni nikohimga oldim» deyishadi. To‘g‘ri, zino qilmagandir, lekin zinodan ham yomon ishni qildi, oilani buzdi. Payg‘ambar alayhissalom unday odamni «Bizdan emas» deganlar. Demak, ikki kishini, ayniqsa, er-xotinni bir-biriga gijgijlagan odam bizdan emas ekan, ya’ni musulmonlardan emas ekan. Buning ma’nosi iymondan chiqishdir. Bu zinodan ham og‘irroq gunoh bo‘ladi. Shuning uchun birinchi navbatda eri bor ayolga sovchi qo‘yish mutlaqo harom deyilgan.

Rahmatulloh SAYFUDDINOV
Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,
Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar