“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

Toshkentda maktab o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi

13 apr, 18:50 32 588 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda maktab o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtda yana bir pedofil ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev bugun, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Joriy yilning 8 aprel kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida soat 20:30 atrofida noma’lum shaxs o‘zining Matiz rusumli avtomobiliga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan maktab o‘quvchisiga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qilgan.

Voyaga etmagan, maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizaloq haydovchiga qarshilik ko‘rsatib, avtomobildan tushib qolgan va atrofdagilarni yordamga chaqirgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar davomida mazkur jinoyatni Hasan Isaev sodir etgani aniqlangan va avtomobildan maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizaloqqa tegishli buyumlar, Nokia rusumida qo‘l telefoni topilgan.

Ayni holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi to‘rtinchi qismi, ya’ni 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirishga suiqasd alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni damda Hasan Isaevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval, xuddi shunga o‘xshash holat Toshkent shahrining Olmazor tumanida 20 fevral kuni sodir bo‘lgan edi.

1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro Qo‘shmurod Dilmurodovich Bobomurodov Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan Umidaning (ismi o‘zgartirilgan) yosh va ojizligidan foydalanib, g‘arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 25, 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchi qo‘lga olingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 43
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 44
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 134
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 263
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar