Hindistonning g‘arbidagi Maxarashtra shtatida joriy yilning boshidan 10 aprelgacha bo‘lgan vaqt ichida cho‘chqa grippidan 101 kishi vafot etgan. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanaliga tayanib "Kun.uz" xabar bermoqda.
Uning aytishicha, vaziyatni "havo haroratining oxirgi bir necha hafta davomida oshishi va kamayishi murakkablashtirgan".
Shuningdek, shtatda ayni vaqtda 182 kishida shu gripp aniqlangan, yana 7,4 ming kishida uning alomatlari kuzatilgan. Bundaylar tekshiruvdan o‘tkaziladila.