“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:56
ЎЗO‘Z

Toshkentlik haydovchilar eng rasvo yo‘llar reytingini tuzishdi

10 apr, 21:18 7 161 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentlik haydovchilar eng rasvo yo‘llar reytingini tuzishdi Ijtimoiy tarmoqdagi eng ko‘p sonli bo‘lgan "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilaridan biri poytaxtning eng rasvo yo‘llari reytingini tuzishni taklif qildi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

Ushbu taklif aksariyat haydovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, va ko‘pchillik darhol o‘zlari bilgan yomon ahvoldagi yo‘llarni birin-ketin ayta boshladi. Lekin broz vaqt o‘tib buzilgan yo‘llar soni shunchalik ko‘payib ketdiki, undan ko‘ra Toshkentning uchta eng yaxshi yo‘llarini sanab o‘tish oson bo‘lib qoldi.

Shunday bo‘lsada eng nochor ahvoldagi yo‘llar ro‘yxatiga Algoritm mavzei, Yunusoboddagi qurilayotgan metro bekati atrofidagi, Uzbum va Sirg‘ali tumanidagi yo‘llar kiritildi. Haydovchilar fikriga ko‘ra, ushbu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin.

Haqiqatdan ham, bugungi kunda Toshkentdagi yo‘llar nochor ahvolga kelib qolgan. Yo‘llarda paydo bo‘ladigan chuqrlardan tashqari, yo‘l ta’mirlash xizmatlarining ushbu muammolarga mutlaq befarqligi fuqarolarning yanada ko‘proq jahlini chiqarmoqda.

Oddiy misol — Oqtepa maydonida yangi yo‘l bog‘lamasini o‘tgan yilning avgust oyida ishga tushirishgan bo‘lsada, undan Farxod bozori va Algoritm massivi tomondagi yo‘lni ta’mirlashni unutib qo‘yishdi shekilli. Quruvchilar goh u goh bu erda asfal to‘kib ketishdi xolos. Barcha chuqur va do‘ngliklar esa o‘z joyida qoldi.

"Fleshka" bozori oldidagi yo‘l ham bir necha oydan beri kavlangan holda yotibdi. Avtomobilda u erdan o‘tish amri mahol. Qurilish ishlari qachon tugashi ham noma’lum.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 266
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar