“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:03
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar IIBB: qidiruvdagi 28 jinoyatchi ushlandi

06 apr, 21:15 8 294 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar IIBB: qidiruvdagi 28 jinoyatchi ushlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan har haftaning payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilingani haqida xabar berganmiz. An’anaga ko‘ra, bu hafta ham Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida hafta davomida olib borilgan ishlar yuzasidan OAV xodimlari ishtirokida brifing o‘tkazildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 mart kunidan 6 aprel kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish hamda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mart oyining o‘zida fosh etilmay qolgan jinoyatlarning 116 tasi, hafta davomida esa 26 ta, shundan: 1 ta – qasddan og‘ir tan jarohati etkazish, 2 ta – bosqinchilik, 1 ta – talonchilik, 16 ta – o‘g‘irlik, 5 ta – firibgarlik va 1 ta – giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari issiq izidan fosh etildi.

Shuningdek, mart oyida 510 nafar, hafta davomida 28 nafar – qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.

Ko‘cha va jamoat joylarida, xonadonlarda bosqinchilik, o‘g‘irlik va boshqa mulkiy turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida hafta davomida 41 ta xonadon va 21 ta ob’ekt qo‘riqlovga olindi. 62 ta ob’ektga avtonom signalizasiyalar, 65 ta ob’ektga 137 ta videokamera o‘rnatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar