“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:37
ЎЗO‘Z

Toshkentda zamonaviy mahalla markazlari barpo etiladi

02 apr, 22:12 8 182 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda zamonaviy mahalla markazlari barpo etiladi Toshkent shahridagi barcha mahallalarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyiha asosida mahalla markazi tashkil etish xohishini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Sputnik xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, shahar hokimligida joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahar hokimi tomonidan "Toshkent shahrining tumanlari hududida "Zamonaviy mahalla" markazlari namunaviy loyihasini joriy qilish to‘g‘risida"gi qaror imzolangan.

Qarorda ko‘rsatilishicha, mahalla markazlari mahalla oqsoqoli, maslahatchilari, profilaktika inspektori uchun xonalar, qariyalar uchun dam olish xonasi, kutubxona, kommunal to‘lovlarni qabul qilish shaxobchalaridan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu erda barcha sharoitlar mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari, yengil konstruksiyalardan iborat yoshlar uchun sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar tashkil etilib, tungi yoritgich moslamalari bilan jihozlanadi. Mahalla markazida shuningdek, go‘zallik saloni, savdo shaxobchasi, novvoyxona, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi, maishiy texnikalar ta’mirlash ustaxonasi, kichik hajmdagi kiyim-bosh ta’mirlash atelesi, kichik va o‘rta biznes (hudud ekologiyasi, jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi va tinchligiga ta’sir etmaydigan) faoliyati uchun, kichik o‘quv va sport markazidan tashkil topgan savdo va maishiy shaxobchalari mavjud bo‘ladi. Mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalar tashkil etish mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tuman hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur qarorda qayd etilgan savdo va maishiy shaxobchalar kapital qurilmalarining qurilish ishlari yakunlanganidan hamda foydalanishga qabul qilingandan so‘ng faoliyat turini o‘zgartirmaslik (savdo va maishiy shaxobchalarni qayta ixtisoslashtirmaslik) sharti bilan o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik sub’ektiga mulk huquqi e’tirof etiladi.

Joylarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilgan mahalla markazlariga mulk huquqi e’tirof etilmaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyihasi bo‘yicha barpo etilgan mahalla markazlari inshootlari "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlariga beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi. "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyihasi asosida tashkil etilgan, mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaat va loyihalari e’tibor bilan o‘rganilib, ularga er maydonini ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan shahar hokimligiga asoslangan taklif kiritiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar