“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:26
ЎЗO‘Z

Mahalla markazlarini qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi

02 apr, 10:45 9 858 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahalla markazlarini qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi Bugun, 1 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolangan “Toshkent shahrining tumanlari hududida “Zamonaviy mahalla” markazlari namunaviy loyihasini joriy qilish to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyatini aholiga, xususan, tadbirkorlik sub’ektlariga etkazish maqsadida brifing bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Brifingda mazkur qaror ijrosi tatbiq etildi. Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ahror G‘ulomov va Toshkent shahar hokimining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Farida Abdurahmonova ishtirok etdi.

Bu qarorga muvofiq, yurtimizda namunali mahallalar sonini yanada oshirish, aholi ehtiyoji uchun barcha kerakli sharoitni ta’minlash, jumladan, mahalla oqsoqoli, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun xonalar, qariyalar uchun dam olish xonasi, kutubxona, dispetcherlik shoxobchasi barcha sharoitlari mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari yengil konstruksiyalardan iborat yoshlar uchun sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar, tungi yoritgich moslamalaridan tashkil topgan mahalla markazi, shuningdek, go‘zallik saloni, savdo shoxobchasi, novvoyxona, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi, maishiy texnikalar ta’mirlash ustaxonasi, kichik hajmdagi kiyim-bosh ta’mirlash atel’esi, kichik va o‘rta biznes faoliyati uchun, kichik o‘quv va sport markazidan tashkil topgan savdo va maishiy shoxobchalari tashkil qilinadi.

“Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi asosida tashkil etilgan, mahalla markazi hamda savdo va maishiy shoxobchalarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaat va loyihalari e’tibor bilan o‘rganilib, ularga er maydonini ajratish bo‘yicha tuman hokimliklari, Savdo sanoat palatasi shahar boshqarmasi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘limi tomonidan taklif kiritiladi. Ushbu loyihani amalga oshirishni istagan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kredit beriladi.

“Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasini tashkil etishning eng quvonarli tarafi bu kitubxona tashkil qilinishi bo‘ldi. Amalda faoliyat yuritayotgan “Uvaysiy” mahallasidagi kutubxona mahallada yashovchi 5400 nafar aholining ma’naviy boyligi uchun xizmat qiladi.

Brifingda ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar