“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:05
ЎЗO‘Z

Buxoroda ikki oylik chaqaloqni 5 ming dollarga sotgan shaxslar qo‘lga olindi

31 mar, 13:02 7 313 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda ikki oylik chaqaloqni 5 ming dollarga sotgan shaxslar qo‘lga olindi Zulxumor bilan Ikrom (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yashirin tarzda er-xotin bo‘lib yashab kelayotgan edilar, deb yozadi “Kun.uz” nashri.

Bu kimsalar gunoh ishlarini el ko‘zidan yashirish uchun hali suyagi qotmagan, endigina ikki oylik chaqaloqni sotish payiga tushdi.

Birovning uyida ijarada yashayotgan er-xotinning chaqaloq sotish haqidagi xayollari tezda ko‘chaga tarqaldi. Bola oluvchilar ham darrov topildi. Avvaliga Zulxumorning vijdoni qiynaldimi, bolani sotib oluvchilarga “Yo‘q, bolamni sotmayman”, deb rad javobini berdi. Ko‘p vaqt o‘tmay, endi o‘zi bolasiga xaridor izlashga tushdi. Chaqaloq savdosining amalga oshishiga esa norasmiy turmush o‘rtog‘i Ikrom yordam qo‘lini cho‘zdi.

Bola oluvchi bilan uchrashish, unga bolani ko‘rsatish va bahosini kelishish Zulxumorni aslo cho‘chitmadi. Er-xotin kelishilgan pulni olgach, xaridorga murg‘ak Muhiddinning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini va o‘zini kiyintirib, topshirishdi. “Savdo”ni juda tez va silliqqina bitirdim, deb o‘ylab, xursand bo‘lgan bu kimsalar chuchvarani xom sanashgan edi...

Begonalar qo‘liga tekkan go‘dakning bir tomchi ko‘z yoshiga ham arzimaydigan 5 ming AQSh dollarini olib, uyiga shoshayotgan chaqaloqfurushlar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Zulxumor Janaeva va Ikrom To‘ychiev qonun oldida javob berishga majbur bo‘ldilar va sud hukmi bilan bu kimsalarga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 44
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 55
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 55
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar