“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:09
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev o‘z topshiriqlari ijrosi qay darajada ta’minlanayotganini tekshirdi

31 mar, 11:13 7 111 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev o‘z topshiriqlari ijrosi qay darajada ta’minlanayotganini tekshirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 mart kuni videoselektor bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, kommunal, sog‘liqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Ko‘p qavatli uy-joylarni vaqtida va sifatli ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Hududlar rahbarlarining bu boradagi mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Majlisda ko‘p qavatli uylarda yashaydigan aholiga zarur sharoitlar yaratish, kommunikasiya tizimlarini ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Joriy yilning 9 fevral kuni profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish va inspektorlarni xizmat uylari, avtomobillar bilan ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 yanvar va 7 fevral kunlari o‘tgan yig‘ilishlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni bartaraf etish, sohani yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida bu borada tegishli farmon va qarorlar qabul qilinib, ijrosiga kirishildi. Majlisda qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish, shoshilinch tez tibbiy yordam xizmatini yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, poliklinikalar ish vaqtini uzaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar