“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:43
ЎЗO‘Z

Samarqandda kam ta’minlangan oilalarga bir boshdan qoramol berilyapti

23 mar, 18:17 6 836 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda kam ta’minlangan oilalarga bir boshdan qoramol berilyapti Samarqand tumanidagi "Shohpo‘lat" fermer xo‘jaligi a’zolari Chumchuqli mahallasida yashovchi kam ta’minlangan Sharif Jalilov xonadoniga bir bosh sigir tuhfa etdi, deb yozmoqda "Sof.uz" sayti.

"Ta’kidlash lozimki, tumandagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ana shunday xayrli ishga qo‘l urib, shu hududda yashayotgan 35 nafar kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga bir boshdan qoramol tuhfa etmoqda", — deyilgan xabarda.

Nashr shuningdek, Navro‘z ayyomi kunlarida Past Darg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasida istiqomat qiluvchi To‘xta boboning xonadoniga jamoatchilik vakillari kelib, bayram bilan qutladi hamda Prezident sovg‘asini topshirgani haqida xabar qilgan.

"Uch yildirki sog‘lig‘im yaxshi emas, to‘shakka mixlanib qoldim, – deydi To‘xta bobo. – Qarichilik deymiz-u ammo mehnat qilib yurgan odam birdan yotib qolsa, yomon ta’sir ko‘rsatarkan. Allohga shukur, mahalla ahli holimdan xabar olib turibdi. Ayniqsa, bayram kunlarida Prezidentimiz nomidan sovg‘a kelgani ko‘nglimni ko‘tardi, bunday e’tibordan xursand bo‘ldik".

"Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi vakili S.Begimqulovning aytishicha, o‘n bir turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasidan tarkib topgan sovg‘a-salom tumandagi 67 ta kam ta’minlangan oila hamda 19 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari oilalariga etkazib berilgan.

Samarqand viloyatidagi 928 ehtiyojmand oila, urush va mehnat faxriylariga shunday sovg‘a-salomlar berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar