“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:17
ЎЗO‘Z

Rossiya fuqaroligini olish yengillashtiriladi

14 mar, 07:37 6 821 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya fuqaroligini olish yengillashtiriladi Rossiya davlat dumasining millatlar ishi bo‘yicha qo‘mitasi Sobiq Ittifoq hududida yashagan va "rus tili tashuvchisi" deb hisoblanganlarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiradigan qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi Kun nashri.

Qonun mualliflari bunday fuqarolar turkumiga sobiq Rossiya imperiyasi yoki Sobiq Ittifoq hududida yashaydigan fuqarolarni, shuningdek, Rossiyada tug‘ilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlari bor bo‘lganlarni kiritishni taklif etmoqda.

Bugungi kunda Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan bunday shaxslarga “xorijiy davlat vakolatli idorasi”ning boshqa fuqarolikdan chiqqani haqidagi hujjatini taqdim etishi asosiy g‘ovlardan biri bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar o‘zlaridagi fuqarolikdan voz kechish haqida yozma ravishda bildirsalar etarli. “Rus tili tashuvchilari” uchun esa amaldagi fuqarolikdan voz kechishning ruxsat berilgan tartibi o‘rnatilgan.

Ushbu qonun loyihasida bunday shaxslarga yashash uchun ruxsatnomani boshqa fuqarolikdan voz kechmay turib olish huquqini beruvchi tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati va uni cho‘zdirish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tgan yilda Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar soni 21 foizga ortdi. 2016 yilda 265 319 kishi fuqarolik olgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich – 209 799 kishiga teng bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 102
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar