“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:10
ЎЗO‘Z

Davomat pastligi sabab 23 ta ta’lim muassasasi rahbarlariga chora ko‘rildi

04 mar, 08:57 8 544 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davomat pastligi sabab 23 ta ta’lim muassasasi rahbarlariga chora ko‘rildi 23 fevral – 2 mart kunlari Toshkent shahridagi umimiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining 723 nafar o‘quvchi besabab dars qoldirgani aniqlandi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.

Ta’lim muassasalaridagi davomatlar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatini o‘rganish maqsadida poytaxt hududidagi 322 ta maktablardan 30 tasida, 41 ta akademik liseylardan 21 tasida, 78 ta kasb-hunar kollejlarida davomat tadbirlari o‘tkazilgan.

Ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari, ularning ota-onalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika tadbirlariga qaramasdan 368 nafar maktab, 31 nafar akademik lisey, 324 nafar kasb-hunar kolleji o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotgani aniqlangan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, bunday holatlarni oldini olish maqsadida 85 ta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazilgan, 36 nafar ota-onalarga nisbatan va 23 ta ta’lim muassasalari rahbarlariga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

Bundan tashqari, yoshlarni “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi yot g‘oyalardan asrash maqsadida Toshkent shahri hududidagi 17 ta internet-klubda reyd o‘tkazilib, 19 nafar o‘quvchilar dars vaqtida, 2 nafar voyaga etmaganlar tungi vaqt soat 22:00 dan so‘ng internet-klubda o‘tirgani aniqlangan.

Qonun buzgan internet-klub ma’muriyatiga hamda ota-onalarga nisbatan ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 156
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 142
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar