“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:12
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi yong‘in tafsilotlari oydinlashdi

28 fev, 07:52 8 731 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi yong‘in tafsilotlari oydinlashdi Avvalroq, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Biznes markazi binosining 8-qavatida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mazkur yong‘in bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:30 da IIBB YoXB dispetcherlik xizmatiga Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 25-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Soat 17:31 da ko‘rsatilgan manzilga 4 ta asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va 2 ta maxsus avtonarvon yo‘llanilgan.

Yong‘in joyiga birinchi bo‘lib soat 17:34 da Yunusobod tumani yong‘indan muhofaza qiluvchi 18-HYoHQdan jangovar bo‘linmalaretib borgan vaqtda, biznes markazining 8-qavatidan qora tutun chiqayotgani ma’lum bo‘lgan.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida, yong‘in soat 17:50 da qurshab olinib, soat 17:54 da butunlay o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida biznes markazining 8-qavatida joylashgan “Montaj qurilish xizmat” MChJga qarashli “Silver Water Gold Fish” MChJ tomonidan ijaraga olingan ofis xonasi, ichidagi jihozlari 20 kv metr maydonida hamda binoning 9-qavat deraza romi yong‘indan zarar ko‘rgan, deb yozadi Qalampir.uz.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida binodagi 18 nafar ishchi-xizmatchilar xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘indan zarar ko‘rmasligi ta’minlangan.

Yong‘in sabablari va keltirilgan zarar miqdorlari aniqlanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar